Abu Ahmad Sog'arjiy





Abu Ahmad Sogʻarjiy (arabcha: أبو أحمد الصغرجي — Abu Ahmad Sogʻarjiy — Toʻliq ismi: Abu Ahmad Hasan ibn Ali ibn Jabroil Sog‘arjiy Dehqon) — muhaddis, roviy va mirishkor dehqon.




Hayoti



Toʻliq ismi Hasan ibn Ali ibn Jabroil Sogʻarjiy Dehqon boʻlib, Abu Ahmad esa uning kunyasidir. U xalq orasida Abu Ahmad Sogʻarjiy nomi bilan tanilgan. Manbalarda qayd etilishicha, Abu Ahmad Sogʻarjiy fiqh ilmi bilimdoni boʻlish bilan birga turli fazilatlar sohibi ham boʻlgan. U ulugʻ imom, hanafiylik mazhabi asoschisi, Abu Hanifa Nuʼmon ibn Sobit (80/699-150/767) ning maslakdoshlaridan hisoblangan. Abu Ahmad Sogʻarjiy boʻsh vaqtlarda asosan dehqonchilik bilan shugʻullangan.



Ustozlari



Abu Ahmad Sogʻarjiy hadis ilmi sir-asrorlarini Abu Umayya Abbos ibn Toyyib Sogʻarjiy va Ahmad ibn Hishom Ishtixoniydan oʻrgangan va hadis rivoyat qilgan. Abu Ahmad Sogʻarjiydan koʻplab allomalar hadis rivoyat qilganligi yozma manbalarda qayd etilgan.



Vafoti



Abu Ahmad Hasan ibn Ali taxminan 360/970-yildan keyin oltmish yoshdan oshib vafot etgan.



Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz