Abu Ahmad Muhammad Astug‘dadiyziy
Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy (arabcha: أبو أحمد محمد الأستغداديزى — Abu Ahmad Muhammad ibn Ahmad Astugʻdadiyziy) — Roviy.
Toʻliq ismi Abu Ahmad Muhammad ibn Ahmad ibn Abu an-Nazr Ahmad ibn Abulqosim Hamdon al-Astugʻdodiyziy. U X asrning ikkinchi yarimida Nasafga qarashli Astugʻdadiyza qishlogʻida tugʻilgan.
Faoliyati
Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy odobi bilan oʻz davrining solih va vazmin shayxi va olimi boʻlgan. Gʻaznaga borgan va u erda Sulton Mahmud Sabukteginning baʼzi farzandlariga taʼlim va odob berish bilan shugʻullangan. Soʻngra oʻz Vataniga qaytib, shu erda muqim yashab qolgan. Faqat ibodat bilan mashgʻul boʻlgan.
Ustozlari
Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Ishoq Ibrohim ibn Abu Bakr ar-Roziydan taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan.
Shogirdi
Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziydan Abu Muhammad Abdulaziz ibn Abu Bakr an-Nagʻshabiy hadis rivoyat qilgan.
Vafoti
Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy 439/1047-yili rabiʼulavval oyida vafot etgan. Janozasiga Nasaf qasabasi va qishloqlaridan kelgan koʻp odamlar qatnashgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org