Abu Ahmad al-Kissiy





Abu Ahmad al-Kissiy (arabcha: أبو أحمد الكسي — Abu Ahmad Iso ibn Junayd an-Nahviy al-Kissiy) — muhaddis, faqih va adib.


Abu Ahmad al-Kissiy ulug‘ muhaddis, faqih, arab tili olimi va adib bo‘lgan. O‘z davrining eng mashhur muhaddislaridan sanalgan Yazid ibn Horun, Abu Ubayd ibn Muammar ibn al-Musanniy, Hishom ibn al-Kalbiy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Abu Ahmad al-Kissiyning „Kitāb at-tas­rӣf“ („Feʼllarning tuslanishi“) nomli arab tili grammatikasiga oid asari bo‘lgan.



Iqtibos



Sahl ibn Shozuya u haqida shunday so‘zlarni aytgan:

Men Abu Ahmad Iso ibn Junayd an-Nahviy adib al-Kissiydan aqlliroq birorta xurosonlikni va arab tilini undan ko‘proq bilguvchi birorta kishini uchratmadim.


Undan buyuk muhaddislar Imom al-Buxoriy, Abdulhamid al-Keshiy va boshqalar hadis rivoyat qilib, uning shogirdlaridan sanalgan. Abu Ahmad al-Kissiyning ismiga „Adib“ va „an-'Nahviy“ning qo‘shib aytilishi, adib va arab tili bilimdoni bo‘lganiga ishorat qilgan [1].



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz