Abu Ahmad al-Iyoziy





Abu Ahmad al-Iyoziy (arabcha: أبو أحمد العياضي ) — hanafiy faqihi.


Abu Mansur al-Moturidiyning ustozi Abu Nasr al-Iyoziyning o‘g‘li. Al-Moturidiyning shogirdi bo‘lgan. „Dor al-­Juz­joniyya“dan yetishib chiqqan. Al­­-Mo­­turidiydan tahsil olgan va mashhur faqih darajasiga ko‘tarilgan. Abu-l-Mu’in an-Nasafiy „Tabsira al-adilla“ asarida Abu Ahmad al-Iyoziyni katta maqtovlar bilan tilga oladi.




Iqtiboslar



An-Nasafiyning taʼkidlashicha, Movarounnahr va Xurosonda „Sadr al-fuqaho“ unvoniga ega bo‘lgan olim Abu Hafs al-Ajaliy al-Buxoriy shunday degan:

Abu Hanifaning mazhabi to‘g‘ri yo‘l ekaniga yana bir isbot shuki, ushbu mazhabga Abu Ahmad al-Iyoziy e’tiqod qilgan. Chunki Abu Ahmad al-Iyoziy botil mazhabga e’tiqod qilishi mumkin emas edi.


Lekin baʼzi olimlar Abu Ahmad al-Iyoziy haqida salbiy fikrlar ham bildirgan. Muhammad ibn Ibrohim al-Hasiriy (vafoʻeshJ 1107-yil (hijriy 500-yil) „Al-Hāvӣ fi-l-fatāvā“ nomli asarida quyidagi rivoyatni keltiradi:

O‘sha davrdagi Samarqand qozisi al-Hakim as-Samarqandiy bir kuni Abu Ahmad al-Iyoziyni o‘z uyiga ziyofatga chaqiradi. Abu Ahmad al-Iyoziy taklifni qabul qilib, mehmonga boradi. Mehmondorchilik oldidan mezbon unga quyidagi fiqhiy savolni beradi: «Bitta suv b-n ikki marta tahorat olish joizmi yoki joiz emasmi?». Abu Ahmad al-Iyoziy: «Joiz emas», deb javob beradi. Shunda al-Hakim as-Samarqandiy unga qattiq tanbeh berib aytadi: «Ilm ham shundaydir. Undan dunyo uchun foydalanilsa, oxiratda foydadan bebahra qolinadi. Sen esa, ilmdan boylik va riyo­korlik uchun foydalanding, oxiratdagi ajrdan benasib qolding». Abu Ahmad al-Iyoziy bunday so‘zni al-Hakim as-Samarqandiydan kutmagan edi. Bu qadar qattiq tanbehni eshitgach, u o‘tirmay, al-Hakim as-Samarqandiy xonadonini tark qiladi.


Al-Hasiriy Abu Ahmad al-Iyoziy haqida yana bir rivoyat keltirgan:

Abu Ahmad al-Iyoziy ziyofatda bo‘lsa, avval taom unga, keyin boshqalarga tarqatilgan. Chunki Abu Ahmad al-Iyoziy namozni juda tez va yengil o‘qir edi. Bir kuni namoz vaqti kirgach, u taomdan turib darhol namozini o‘qib oladi. Yonidagilar undan nima uchun namozingizni tez va yengil o‘qidingiz, deb so‘raganida, u: «namozni bunday o‘qish hukman joizdir», deb javob beradi.


Lekin, o‘sha qozi al-Hakim as-Samarqandiy Abu Ahmad al-Iyoziyning otasi Abu Nasr al-Iyoziyni qattiq hurmat qilgan va uni ko‘kka ko‘tarib maqtagan. Xususan, Abu-l-Mu’in an-Nasafiyning „Tabsira al-adilla“ asarida al-Hakim as-Samarqandiy Abu Nasr al-Iyoziyni quyidagicha maqtov bilan tilga olganini keltirish mumkin:

Ash-Shayx Abu-l-Qosim al-Hakim as-Samarqandiyning rivoyat qilishicha, Abu Nasr al-Iyoziyning oldiga turli adashgan firqalarning vakillari o‘zlarining noto‘g‘ri aqidalarini isbotlash uchun kelganida, albatta, ular Iyoziyning kuchli dalil va isbotlaridan mag‘lub bo‘lib qaytar edilar.


Ibn Zakariyo ham, al-Hakim as-Samarqandiydan farqli o‘laroq, Abu-l-Mu’in an-Nasafiy kabi Abu Ahmad al-Iyoziy haqida iliq fikrlarni bildirgan va uni ibodat masalasida mujtahid olim sifatida eʼtirof etgan.


Fikrimizcha, al-Hakim as-Samarqandiyning rivoyati sahih bo‘lsa, Abu Ahmad al-Iyoziy dastlab olimlar orasida maqtalib kelingan va keyinroq tanqidga uchragan bo‘lishi mumkin. Chunki u o‘z otasi kabi juda yoshligidanoq ilmda mashhur bo‘lgan. Shuning uchun ham shuhrat va mansab­ga ruju qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Chunki Abu Ahmad al-Iyoziyning otasi Abu Nasrni maqtab tilga olgan al-Hakim as-Samarqandiy Abu Ahmad al-Iyoziyni asossiz tanqid qilishi mantiqdan yiroqdir.



„Dor al-Iyoziyys“ maktabi



Abu Ahmad al-Iyoziy „Dor al-Juzjoniyya“ makta­biga muxolif ravishda „Dor al-­Iyoziyya“ nomli maktab tashkil etadi. Abu Ahmad al-Iyoziy bunday yo‘l tutishiga sabab u „Dor al-Juzjoniyya“ning asosiy vakili hi­sob­langan ustozi Abu Mansur al-Moturidiydan tazyiqqa uchragan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz