Abu Abdulloh Nabojiy
Nabojiy, Abu Abdulloh Saʼid bin Yazid – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Basra yaqinidagi Naboj qishlogʻida tugʻilgan. Ahmad Abulhavoriyning ustozi. Zunnun Misriyning yaqin maslakdoshi. Tariqatda adab va ruhiy tarbiya masalasiga alohida ahamiyat qaratgan. Uning talqini boʻyicha, adab – hur kishilarning ziynatidir. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org