Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud al-Iyloqiy
Abu Abdulloh al-Iyloqiy (arabcha: أبو عبد الله الإیلاقی — Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud al-Iyloqiy) — faqih.
Biografiyasi
Abu Abdulloh al-Iyloqiy Xurosonda Hasan ibn Mas’uddan, Marvda ar-Ravzdan, Nishopurda Muhammad ibn Yahyodan fiqh ilmidan saboq olgan. Chiroyli siyratli olim ko‘p xayrli ish qilar, kishilarning hojatlarini chiqarishga doimo moyil bo‘lgan. As-Sam’oniy o‘zining „al-Ansāb“ asarida Abu Abdulloh al-Iyloqiyni o‘zi bilan Marvga kelib, „al-Amidiyya“ madrasasida vafot etgunicha yashaganlarini hamda Abu Abdulloh al-Iyloqiydan hadis ilmidan taʼlim olganini aytib o‘tgan.
Abu Abdulloh al-Iyloqiy rabi’ul-avval oyida vafot etgan va Sinjzonda Yusuf al-Hamadoniy hazirasiga dafn qilingan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org