Abu Abdulloh ibn al-Hasan




Hamza al-Isfahoniy , Abu Abdulloh ibn al-Hasan (taxminan 893—961 va 971 yillar oraligʻi) — Eron tarixchisi va adibi. Arab tilida ijod qilgan. 12ta asaridan 3 tasi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Olimning "Umumiy tarix" asarida Eron tarixiga oid noyob faktik materiallar jamlangan. H. al-I. arab manbalaridan tashqari, bizgacha yetib kelmagan oʻrta fors manbasi "Xvadaynamak" va islomgacha Eronga oid boshqa yozma va ogʻzaki (zardush-tiy kohinlari aytganlaridan yozib olingan) axborotlardan foydalangan. Asar 961 yilgacha voqealarni qamrab olgan.























uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz