Abu Abdulloh az-Zanjoniy (ulamo)





Abu Abdulloh ibn Abdurrahim ibn Nasrulloh az-Zanjoniy  — faylasuf va mufassir bo‘lgan. Baʼzi ilmlarni bilgan. U milodiy 1891-yil (hijriy 1309-yil) ribiʼu-l-avval oyi Zanjonda tug‘ilgan. Zanjon ulamolaridan islom fiqhi asoslari, arab tili va adabiyotidan saboq olgan. So‘ngra 1326-yildan 1329-yilgacha Eronning hakimlaridan biri — al-Mirzo Ibrohim az-Zanjoniydan falsafa va falakiyot ilmidan tahsil olgan. So‘ngra Tehronga borib, u yerda bir qancha muddat fransuz maktablaridan birida o‘qigan. So‘ng Zanjonga qaytib kelgan va Najafga borgan. Muhammad Kozim al-Yazdiy va Shayxushshariʼa al-Isfahoniydan fiqh va usulni o‘rgangan. Islom dinining ulug‘ peshvolari bo‘lgan Ibn al-Hasan al-Isfahoniy, al-Og‘a Mirzo Husayn an-Noiyniy, al-Og‘a Ziyouddin al-Iroqiylarning darslariga qatnashgan. U yerda to‘qqiz yil yashab, ijtihodda yuksak darajaga erishgan. 1338-yilning oxirlarida Zanjonga qaytgan. Yana Eronning baʼzi shaharlariga safar qilgan. So‘ngra Suriya, Falastin, Qohira va Makkaga ziyorat qilgan. Ushbu ziyorati davomida ko‘plab ilm ahillari bilan tanishgan. So‘ngra yana Zanjonga qaytib kelgan va shariat qozisi bo‘lib ishlash bilan bir qatorda fiqh, falsafa, tafsir va hadis ilmlaridan dars bergan. Hijriy 1347-yil muharram oyining 7-sanasida Damashqdagi arab akademiyasiga aʼzo etib yuborilgan. Uni Eron maorif vazirligi Tehron universitetining professori etib tayinlagan va o‘sha yerda tafsir, axloq, falsafa tarixidan taʼlim bergan.
U hijriy 1360-yil (milodiy 1941-yil) jumaduloxir oyining 7-sanasi Zanjonda vafot etgan.




Asarlari



Nashr etilgan arab tilidagi asarlari




Arab tilidagi qo‘lyozma asarlari




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz