Abu Abdulloh an-Navkadakiy





Abu Abdulloh an-Navkadakiy (arabcha: أبو عبد الله النوكدكي — Abu Abdulloh Ahmad ibn Hishom al-Ishtixoniy an-Navkadakiy) — mufassir, muhaddis va roviy.


Abu Abdulloh an-Navkadakiy Navkadak qishlog‘ida tavallud topgan bo‘lsa-da, bu qishloq Ishtixonga qarashli bo‘lgani bois, aksar manbalarda alloma Abu Abdullox al-Ishtixoniy deb ham keltirilgan. Abu Abdulloh an-Navkadakiy dastlabki ilmini Ishtixon shahriga kelib, u yerdagi allomalardan olgan.




Hadislari



Keyinchalik ilm talabida Xuroson va Iroqqa safar qilib, o‘z zamonasining mashhur allomalari Qubaysa ibn Uqba, Badl ibn Muxbar, Valid ibn Muhammad as-Salamiy, Abdulloh ibn Usmon ad-Dabusiy, Abdulloh ibn Xolid al-Marvaziy, qozi Abu Hafs Umar ibn Abu Muqotil al-Fazzoriy as-Samarqandiy va Abu Ahmad al-Hasan ibn Ali as-Sog‘arjiy kabilardan taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan. O‘z o‘rnida Abu Abdulloh an-Navkadakiydan Dovud ibn Amr al-Ishtixoniy, Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Saʼo Bakriy as-Samarqandiy, Abu Ahmad al-Hasan ibn Ali as-Sog‘arjiy va Abu-l-Fazl Abbos ibn Tayyib as-Sog‘arjiy kabi allomalar u kishidan taʼlim olganlar va hadis rivoyat qilganlar.



Ijodi



As-Sam’oniyning „Al-Ansāb“ asarida Abu Abdulloh an-Navkadakiy „Tafsӣr“ va shu kabi bir qancha kitoblar tasnif etganligi haqidagi maʼlumotlar qayd etilgan, ammo mazkur asar bizgacha yetib kelmagan.



Abiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz