Abu Abdulloh ad-Daxstoniy
Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad as-Samarqandiy ad-Daxstoniy (Abu Abdulloh) — faqih. U haqida juda ko‘p ulamolar rivoyat qilganlar. U milodiy 1105-yil (hijriy 498-yil) muqaddas haj safariga borib, Bag‘dodda ham bo‘lgan. Uning tavallud yoki vafot sanasi nomaʼlum. Agarda haj safariga borgan sanasi eʼtiborga olinsa, uning vafot sanasini milodiy 1105-yil (hijriy 498-yil)dan keyin deb xulosa qilsa bo‘ladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org