Abu Abdulloh Abdulvohid al-Agʻzuniy
Abu Abdulloh Abdulvohid al-Agʻzuniy (arabcha: أبو عبد الله عبد الواحد الأغذوني — Abu Abdulloh Abdulvohid ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ayman ibn Abdulloh ibn Murra ibn Ahnaf ibn Qays at-Tamimiy al-Ag‘zuniy) — hadis roviysi.
Hayoti va faoliyati
Tabaʼa tobe’inlardan biri bo‘lib, o‘z davrining peshqadam roviylaridan biri sifatida tanilgan. Abu Abdulloh Abdulvohid al-Ag‘zuniy Hoshid ibn Abdulloh al-Ag‘zuniy al-Buxoriyning bobosidir.
Abu Abdulloh Abdulvohid al-Ag‘zuniy Sufyon ibn Uyayna, Sharik ibn Abdulloh an-Naxaʼiy, Yazid ibn Ato, Muhammad ibn Muslim at-Toifiy, Hammod ibn Salama, Ibrohim ibn Saʼd az-Zuhriy, Qays ibn Robi’ va b.larning suhbatida ishtirok etib, ulardan hadis eshitgan va o‘z navbatida, yetuk muhaddis shogirdlar ham yetishtirib chiqargan. Undan Muhammad ibn Salom al-Boykandiy, Kaʼb ibn Saʼid al-Qoziy va boshqalar hadis rivoyat qilganlar.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org