Absorbsiya/yutilish (elektromagnit nurlanish)
Fizikada elektromagnit nurlanishning
yutilishi (absorbsiya) — materiyaning (odatda atomlarda bogʻlangan elektronlar) foton energiyasini qanday qabul qilishi va shuning uchun elektromagnit energiyani yutuvchi ichki energiyasiga (masalan, issiqlik energiyasi) aylantirishidir. Yorugʻlik toʻlqinlarining muhit boʻylab tarqalayotganda intensivligining zaiflashuv yoki asta-sekin kamayishidir. Toʻlqinlarning yutilishi odatda ularning intensivligiga bogʻliq boʻlmasa-da (chiziqli yutilish), maʼlum sharoitlarda muhitning shaffofligi toʻlqin intensivligiga qarab oʻzgarib turadigan omil bilan oʻzgaradi va toʻyingan yutilish (yoki chiziqli boʻlmagan yutilish) sodir boʻladi.
Absorbsiyani miqdoriy aniqlash
Absorbsiyani miqdoriy baholash uchun quyidagi usullar qoʻllaniladi
Bu miqdorlarning barchasi, maʼlum darajada, nurlanishni qanchalik yaxshi qabul qilishini oʻlchaydi. Ularning amaliy foydalari qoʻllanilishiga qarab oʻzgaradi
Absorbtsiyani oʻlchash
Absorbsiya sirtga tushadigan yutilishgan yorugʻlik miqdorini aniqlaydi (qaytish yoki sinish oʻrniga). Bu Buger-Lambert-Ber qonuni orqali muhitning boshqa xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Barcha toʻlqin uzunliklari uchun adsorbsiyaning aniq oʻlchovlari moddani aniqlashga imkon beradi (spektroskopiya). Shuning uchun namuna bir tomondan yoritiladi va oʻtgan yorugʻlikning intensivligi oʻlchanadi.
Ilovalar
Absorbsiyani oʻlchash koʻplab faoliyat sohalarida qoʻllaniladi
Manbalar
uz.wikipedia.org