Abror Qidiraliyev





Abror Anvarovich Qidiraliev (1992-yil 5-aprelda Oʻsh viloyati Lenin ovulida tugʻilgan) — qirgʻizistonlik futbolchi, “Neftchi” klubi yarim himoyachisi.




Faoliyati



Qurshobning “Aldiyer” klubi tarbiyalanuvchisi. 2011-yildan buyon “Olay Oʻsh” jamoasida oʻynab, 2013-yilda Qirgʻiziston chempioniga aylangan. 2014-yilda „Aldiyer“ga qaytib uning sardori bo’ldi, u bu mavsum oliy divizionda oʻynab, mavsum oxirida esa 9ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2015-yil boshida Aldiyer moliyaviy muammolar tufayli oliy ligani tark etgach, futbolchi “Olay”ga qaytdi va ikkinchi marta liga chempionligini qoʻlga kiritdi.


2013-yil oxiridan buyon Qidiraliev Qirgʻiziston terma jamoasiga chaqirilgan. 2014-yilning 13-aprelida Afgʻonistonga qarshi oʻyinda milliy terma jamoada debyut qilgan. U soʻnggi oʻyinni 2014-yilning may oyida oʻtkazgan, jami futbolchi terma jamoa safida 3 ta oʻyin oʻtkazgan.



Mukofotlari




Manbalar




Havolalar








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz