Abror Muxtor Aliy





Abrorjon Muxtoraliyevich Abduazimov (1976-yil 22-iyul, Chust tumani, Namangan viloyati) — Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi bosh ilmiy xodimi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Qurʼon va tajvid oʻrgatish boʻlimi mudiri oʻrinbosari.




Biografiyasi



1976-yil 22-iyul kuni Namangan viloyati Chust tumani Karkidon qishlogʻida tugʻilgan.



Taʼlimi



1994—1998 — Andijon viloyati „Abdussalom Maxdum“ nomli madrasada tayyorlov kursi talabasi.


1998—2000 — Namangan shahridagi „Mulla Qirgʻiz“ madrasasi talabasi.


2000—2004 — Toshkent islom instituti talabasi.


2009—2011 — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti magistratura talabasi.



Mehnat faoliyati



2004—2008 — Toshkent viloyati „Olimjon ota“ jome masjidida imom-xatib.


2008—2009 — Xorazm viloyati „Faxriddin ar-Roziy“ oʻrta-maxsus diniy taʼlim muassasasi oʻqituvchisi.


2011-2022-yillarda — Toshkent islom universiteti oʻqituvchisi.


2020-yildan Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi bosh ilmiy xodimi.


2021-yildan Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi Qurʼon va tajvid oʻrgatish boʻlimi mudiri oʻrinbosari.



Kitoblari




Tanqidlar



2017-yilgacha, 20 yilga yaqin muddat davomida hukumatning qattiq nazorati ostida boʻlgan dindorlardan biri. Diniy erkinlik berilgach, ijtimoiy tarmoqlarda ziddiyatli chiqishlari bilan tanilgan.


2021-yil 11-fevralda „xotinlar uradigan erkaklarni yaxshi koʻradi“ degan soʻzlari aks etgan video ortidan qattiq tanqid qilindi. Keyinroq, ayollardan uzr soʻrab chiqdi va „ayollarni urmaslik kerak“ deya taʼkidladi. 28-mart kuni Toshkent shahri markazidagi Amir Temur xiyobonida yapon animesi va koreys pop musiqasi muxlislarining navbatdagi tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlgan bloger Miraziz Bozorov shu kuni kechqurun kaltaklab ketilgan. Bozorov bu ishlarni Abror Muxtor Aliy uyushtirganini taʼkidlagan. Andijondagi kutubxona xodimlari bilan uchrashuv paytida tahlilchi Larisa Burakovaning oʻzbek tiliga tarjima qilingan „Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?“ kitobini „Oʻzbekistonda rangli inqilob qilishga tashviq“ deya tanqid qildi. Oʻzbekiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyevning soqol qoʻyish haqidagi tanqidiy fikrlari aks etgan video ortidan, Saʼdiyevni „jirkanch artist“, „oʻldirilishi joiz boʻlgan togʻut“¸ „ayollar libosini kiygan hezalak“ kabi haqorat va tahdidli soʻzlar bilan nishonga oldi. Toshkent shahridagi kitob doʻkonlari boʻylab uyushtirilgan tekshiruv chogʻida Leonardo da Vinci va Rembrandt kabi gʻarb rassomlari ishlagan jahon sanʼati durdonalarini „oʻzbek xalqi uchun yot“ ekanini aytgan. 2022-yil dekabr oyida Nikita Makarenko Abror Muxtor Aliy nomi bilan tanilgan fuqaro unga nisbatan tuhmatni oʻz ichiga olgan hamda „Photoshop“ dasturida soxtalashtirilgan xabarlarni eʼlon qilganini bildirgan. Jurnalist holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilgan. Huquqbuzarligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima jazosiga tortilgan.



Oilasi



Uning 7 nafar farzandi bor. 2021-yilning 12-oktyabr kuni 7 yashar oʻgʻli Muhammad To Ha vafot etgan.



Manbalar




Havolalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz