ABRAZIV ASBOBLAR
ABRAZIV ASBOBLAR (keskichlar) – abraziv materiallardan ma’lum shaklda tayyorlanadigan asboblar. Abraziv asboblarning qattiq (masalan, silliqlash doirasi, qayroqtosh) va yumshoq (masalan, jilvir latta) xillari bo’ladi. Bular metall, tosh, shisha, taxta, rezina, charm, marmar kabi tabiiy va sun’iy materiallar sirtini silliqlashda hamda tog’ jinslarini parmalashda ishlatiladi. O’zbekistonda Abraziv asboblar ishlab chiqaradigan Toshkent abraziv zavodi bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz