Abra





Abra , rasman Abra provinsiyasi, Filippinning Cordillera maʼmuriy mintaqasida joylashgan 3-toifadagi provinsiya hisoblanadi.Abra provinsiyasining markazi Bangued munitsipalitetidir. Abra provinsiyasi shimoli-gʻarbda Ilocos Norte, shimoli-sharqda Apayao, sharqda Kalinga, janubi-sharqda Mountain provinsiyasi va janubi-gʻarbda Ilocos Sur bilan chegaradosh.




Etimologiyasi



Abra ispancha „abre“ soʻzidan olingan boʻlib, „darra“, „oʻtish“, „buzish“ yoki „ochish“ degan maʼnoni anglatadi. Bu soʻz birinchi marta ispanlar tomonidan Abra daryosining Gʻarbiy Filippin dengiziga qoʻyilish joyi „Banaoang deltasini“ (Rio Grande de Abrani) belgilash uchun ishlatilgan.



Tarixi



Mustamlakachilikdan oldingi davr



Abraning dastlabki aholisi Bontocs va Ifugaoslarning ajdodlari edi.Bu aholi keyinchalik Mountain provinsiyasiga koʻchib oʻtishgan. Dastlabki aholining boshqa qatlamini Tingguianlar (yoki Itneglar) tashkil etgan.



Ispaniya mustamlakachiligi davri



Tingguianlar nomi birinchi marta 1585-yilda Domingo de Salazarning Ispaniya qiroliga yozgan maktubida tilga olingan.


1598-yilda Bangued shahri ispan-Iloko qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Shahar egallanganidan soʻng oʻzlarining missionerlarini mahalliy aholidan himoya qilish uchun ispanlar oʻzlarining garnizonlarini tuzdilar. Shu yoʻl bilan ispanlar Tingguianlarni xristianlashtirishlari va hududdagi oltin konlarini topishni rejalashtirishgan edi.


Bangued, Vigan va Bantay shaharlari ispan missionerlari qaramogʻida boʻlgan. Fr. Esteban Marin va Fr. Agustin Minon 1598-yildayoq Banguedda ispaniya missiyasini tashkil etishgan. Ispaniya mustamlakasi ostidagi hududlarga 1612-yil 5-aprelda Fr. Pedro Columbo birinchi vazir etib tayinlandi. Augustinianlarning bu harakatiga Dominicanning Narvacan vazirligini egallashi sabab boʻlganga oʻxshaydi. Dominicanlar Narvacanni Abra shahrining boshqa hududlarini ham xristianlashtirish uchun missionerlik markaziga aylantirmoqchi boʻlishdi.Ushbu Dominicanlarning harakatini nazorat qilish uchun Augustinianlar Bangued shahrida vazirlik lavozimini tashkil qilishdi.


Bantaydagi cherkov ruhoniysi Fr. Juan Pareja OSA Abra provinsiyasini konvertatsiya qilishga rahbarlik qildi va shuning uchun 1626-yilda provinsiyaga keldi.


Fr. Jose Polanco „OP“ Abra provinsiyasi konvertatsiyasiga hissa qoʻshdi. Fr. Jose Polanco 1679-yilda Abra provinsiyasida vafot etgan. Mahalliy aholi uni avliyo deb hisoblashgan.


Fr. Bernardino Lago „OSA“ XIX asrning boshlarida provinsiyaga kelgan. 1823-yilda Fr. Bernardino Lago Pidigan shahrida oʻz ish faoliyatini boshlagan. 25 yildan soʻng Fr. Bernardino Lago bu shaharda mingga yaqin xristianlik markazlarini tashkil qilgan. Ular orasida quyidagi shaharlar ham mavjud edi:




Dastlab Abra hududi „El Abra de Vigan“ („Viganning ochilishi“) deb nomlangan.Filippinni Britaniya imperiyasi ishgʻol qilgan vaqtda Gabriela Silang va uning qoʻshini Ilocosdan Abra provinsiyasiga chekinishga majbur boʻlgan.


1818-yilda Ilocos mintaqasi Ilocos Norte va Ilocos Surga boʻlingan. 1846-yil 9-oktyabrda Abra provinsiyasi va gubernatorning qarorgohi Bucayda joylashgan mustaqil viloyatga aylandi. 1863-yilda poytaxt viloyatning eng qadimgi shahri Banguedga koʻchirildi. Bu 1899-yilda amerikaliklar kelguniga qadar shunday boʻlib qoldi.



Amerika davri



1908-yilda Filippin hukumati Abraning moliyaviy qiyinchiliklarini hal qilish uchun uni Ilocos Sur tarkibiga qoʻshib oldi. 1917-yil 9-martda Filippin Assambleyasi 2683-sonli qonunga binoan Abrani provinsiya sifatida qayta tashkil etdi.



Ikkinchi jahon urushi



1942-yilda Yaponiya qoʻshinlari Filippinni bosib oldi va Abra provinsiyasini egallab oldi. 


Abra provinsiyasi Filippin Hamdoʻstligi kuchlari va mahalliy Cordilleran partizanlari tomonidan 1945-yilda ikkinchi Jahon urushi oxirida Abra jangi paytida ozod qilingan. 



Yaqin tarixi



Cordillera qabilalarining huquqlari uchun kurashgan inqilobchi marksist ruhoniy Conrado Balweg salib yurishini Abrada provinsiyasida boshlagan. 1987-yilda Balweg guruhining aʼzolari bilan tinchlik kelishuviga erishganidan soʻng Filippin hukumati Abrani oʻz ichiga olgan Cordillera maʼmuriy hududini tashkil qildi.



Geografiyasi



Abra provinsiyasi Luson orolidagi Cordillera maʼmuriy hududining gʻarbiy qismida joylashgan.U shimoli-gʻarbda Ilocos Norte, shimoli-sharqda Apayao, sharqda Kalinga, janubi-sharqda Mountain provinsiyasi va janubi-gʻarbda Ilocos Sur provinsiyalari bilan chegaradosh hisoblanadi. Abra provinsiyasining umumiy yer maydoni 4,165.25 square kilometre or 1,608.21 kvadrat milni tashkil qiladi.


Provinsiya gʻarbda Ilocos togʻ tizmalari va sharqda Markaziy Cordillera bilan chegaralangan. Abra daryosi provinsiya hududini ikkiga boʻlib oqib oʻtadi va Dolores munitsipaliteti yaqinidagi sharqiy togʻ tizmasidan boshlanuvchiTineg daryosiga qoʻshiladi.


Abra provinsiyasi 27 ta munitsipalitetdan iborat boʻlib, ularning barchasi Abraning Abraning yagona Kongress okrugiga hududiga kiradi.





Demografiya



2020-yildagi aholini roʻyxatga olish koʻrsatkichlarida Abra provinsiyasi aholisi 250 985 kishini tashkil etdi. Aholi zichligi esa har kvadrat kilometr maydonga 60 kishidan toʻgri keladi.


Abra aholsining asosiy qismini Ilocano koʻchmanchilarining avlodlari va Tingguian qabilasi aʼzolari tashkil qiladi. 2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida Ilocano koʻchmanchilari umumiy aholining 71,94 % ini tashkil qilishi aniqlandi. Tingguian qabilasining avlodlari esa umumiy aholining 18,7 % ini tashkil qilgan. Provinsiyadagi boshqa etnik guruhlar ibanaglar (4,46 %), Itneglar  (3,17 %)  va Tagaloglar (0,42 %) dan iborat.Provinsiyadagi asosiy tillar Ilocano va Itneg tillari hisoblanadi.




Iqtisodiyot



1990-yil holatiga koʻra Abra provinsiyasida 743 kottej sanoati mavjud boʻlib, ulardan 208 tasi Savdo va sanoat departamentida(Filippin) roʻyxatga olingan. Mamlakat aholisining 59 % i hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.


Abra iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Qishloq xoʻjaligidagi asosiy ekinlar sholi, sabzavotlar va ildizmevalar hisoblanadi. Savdo mahsulotlariga qahva, tamaki va kokos kiradi. Aholi chorvachilik uchun keng yaylovlardan foydalanadi.



Infratuzilma



Quvvat taqsimoti







Hukumat



Sobiq harbiy va saylangan gubernatorlar roʻyxati :




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz