Aborigen g`o`za





Aborigen gʻoʻza (lot. aborigine — avvaldan) — gʻoʻzaning cheklangan hududda oʻsadigan tur, xil va formalari. Meksikaning shimoli-gʻarbida oʻsadigan davidzon gʻoʻzasi, Galapagos o.ning unumsiz toshloq zonalarida oʻsadigan klotssh gʻoʻzasi, faqat Braziliya togʻlarida uchraydigan mustelinum gʻoʻzasi Aborigen gʻoʻza turlariga kiradi. Barcha yovvoyi Aborigen gʻoʻza turlari qimmatli genetik material boʻlib, qator foydali xoʻjalik xususiyatlariga ega (qurgʻoqchilikka, shoʻrga, past temperaturaga chidamli va hokazo), shuning uchun ulardan genetika-seleksiya ishlari amaliyotida keng foydalaniladi.



Manbalar
























uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz