ABORIGEN G’O’ZA



ABORIGEN G’O’ZA (lotincha aborigine — avvaldan) — g’o’zaning cheklangan hududda o’sadigan tur, xil va formalari. Meksikaning shimoliy-g’arbida o’sadigan davidzon g’o’zasi, Galapagos orolining unumsiz toshloq zonalarida o’sadigan klossh g’o’zasi, faqat Braziliya tog’larida uchraydigan mustelinum g’o’zasi Aborigen G’ozalar turlariga kiradi. Barcha yovvoyi Aborigen G’ozalar turlari qimmatli genetic material bo’lib, qator foydali xo’jalik xususiyatlariga ega (qurg’oqchilikka, sho’rga, past temperaturaga chidamli va hokazo), shuning uchun ulardan genetika-selektsiya ishlari amaliyotida keng foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz