Abonement (umumiy)
Abonement (frans. abonnement, fran. abonner — imzolamoq) — shartnoma hisoblanib, unga koʻra bir tomon (abonent) abonement shartnomasining amal qilish muddati davomida, istalgan mulkdan foydalanish huquqiga ega boʻladi yoki boshqa tomondan vaqti-vaqti bilan, muayyan xizmatlarni koʻrsatishni talab qilish huquqiga ega.
Abonement shartnomasining xususiyatlari
Abonement haqida quyidagilarga nisbatan gapirish mumkin:
Abonement ham bepul (kutubxona abonementi), ham pullik boʻlishi mumkin. Abonement shartnomasi predmetini sotib olish narxi — abonent toʻlovi deb ataladi.
Oʻzining huquqiy tabiatiga koʻra abonement mulkiy yoki shaxsiy ijara shartnomalari elementlarini dastlabki shartnoma elementlari bilan birlashtiradi. Ba’zi hollarda abonement uchinchi shaxs foydasiga shartnomaga xos boʻlgan shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin — bu abonent uchinchi shaxsni foydalanuvchi (benefitsiar) sifatida tayinlaganida.
Manbalar
uz.wikipedia.org