Abolitsiya





Abolitsiya  — qonun yoki boshqa huquqiy hujjatni bekor qilish. Rimliklar abolitsiyani uch xil koʻrinishini farqlashgan:


1) abolitio generalis sive publica ya'ni muayyan bayram munosabati bilan yoki ijtimoiy ofat vaqtida mahkumlarni ozod qilishdan iborat boʻlgan;


2) abolito ex lege, yaʼni sudya tomonidan ayblov xujjatida yoʻl qo'yilgan formal xato munosabati bilan berilgan ayblanuvchining iltimosnomasiga koʻra ayblovni bekor qilish;


3) abolito privata, yaʼni xususiy ayblovchi tomonidan rad etishga imkoniyat berilishi.


Keyinchalik abolito specialis (jinoyat sudining harakatini yoʻq qilish) va amnistiya maʼnosidagi abolito generalis (oddiy abolito) farqlana boshlangan.












uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz