ABOLITSIONIZM
ABOLITSIONIZM (lotincha Abolition -yo’qotish, bekor qilish) — 1) biror qonunga barham berish uchun qilinadigan ijtimoiy harakat; 2) negrlarni qullikdan ozod qilish harakati. Abolitsionizm 18 – asrda AQSh, Frantsiya va Buyuk Britaniyada paydo bo’lib, 19 – asrning 1 – yarmida avj olgan. AQShdagi Abolitsionizm jamiyatlari quldorlikka qarshi targ’ibotni kuchaytirdilar. Abolitsionizm ziyolilar, fermerlar va ishchilarni birlashtirdi. U 1861-65 yillarda AQShda bo’lib o’tgan fuqarolar urushini tayyorlashda muhim rol o’ynadi. Bu urush natijasida AQSh Janubidagi quldorlikka chek qo’yildi; 3) Buyuk Britaniya, Frantsiya va boshqa ayrim mamlakatlarda mustamlakalardagi quldorlikni bekor kilish uchun olib borilgan kurash harakati.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz