AB’OD
AB’OD (Arabcha bu’d oraliq so’zining ko’pligi) — ikki nag’ma, ya’ni ton oraliqlari, intervallar. Qadimgi Sharq musiqa nazariyasida Ab’odning juda ko’p turlari bo’lgan. Jumladan ab’odi avsat, ab’odi vusto — o’rtacha hajmdagi intervallar — oktava, septima, seksta, rinta va kvartalar. Ab’odi izom yoki ab’odi Kubro — katta intervallar. Ular kvintdesima, duodesima va Undesima kabi oktavadan katta intervallarni o’z ichiga oladi; ab’odi lahniy yoki ab’odi sig’ar — kichik intervallardir: katta sekunda bilan kichik sekunda intervallarini o’z ichiga oladi, ba’zan tersiya ham ko’zda tutilgan. Bular kuy va pardalar hosil qilishda qo’llanilgani uchun “lahniy” (“kuychan”) deb atalgan. Lahniylarning turlari: izom (katta), avsat (o’rtacha) va sigar (kichik); ab’odi muloyim yoki ab’odi muttafiq (ittifoqdosh) — yoqimli, ohangdosh intervallar. konsonanslar; ab’odi munofir yoki ab’odi mutanofir ikki nafratli oraliq, yoxud ab’odi g’ayri muloyim — yoqimsiz, nomuloyim intervallar — dissonanspar; ab’odi musta’mal — musiqa amaliyotida qo’llaniladigan intervallar: ab’odi g’ayri musta’mal — musiqada qo’llanilmaydigan intervallar. Maxsus musiqa o’quv yurtlaridagi Sharq musiqasiga oid darslarda Ab’od tizimi o’rganiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz