Abobil






Abobil (arabcha) – qanotlari uzun kichik qush turi. Qur’oni karimning “Fil” surasida abobilga bog‘liq qissa keltirilgan. Diniy manbalarga ko‘ra, Yaman podshohi – Abraha milodiy 570-yilda Ka’bani buzish niyatida Makka tomon qo‘shin tortadi. Shu payt osmonda to‘satdan abobillar paydo bo‘lib, filga mingan Abraha qo‘shini ustiga loydan pishirilgan tosh uloqtirib, son-sanoqsiz qo‘shinni qurt yegan o‘simlik singari ilma-teshik qilib tashlaydi. Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida takabbur va xudobexabar hukmdorning taqdiri qanday ayanchli yakun topishi mumkinligini ko‘rsatish maqsadida Abobil bilann bog‘liq qissani dalil sifatida keltiradi:

"Ko‘rki, ne bir lahzada bo‘ldi qatil


Tayri abobil ila as'hobi fil".



(“Hayrat ul-abror”, 20-maqolat)[3]


Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz