Ablat Hodjaev





Ablat Xoʻjayev  — sharqshunos, tarixchi, xitoyshunos, tarix fanlari doktori. 1942-yil Sharqiy Turkistonning Gʻulja shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakulteti xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi boʻlimining 1969-yil bitiruvchisi. 1969-yilda oʻrta maktabda xitoy tili oʻqituvchisi; 1971 — 1973-yillar SSSR FA ShI aspiranti; 1973-yildan Oʻzbekiston Respublikasi FA SHI ilmiy xodimi, Oʻrta Osiyoning Xitoy bilan tarixiy madaniy aloqalari boʻlimi mudiri. 1994 — 2000-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi TIV xodimi (orada 1996 — 1998-yillar Oʻzbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasi xodimi); 2000 — 2005 yy. — Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Geosiyosat va xalqaro munosabatlar boʻlimi mudiri, oʻrindoshlik asosida OʻzFA SHI va Tarix instituti yetakchi ilmiy xodimi. 2005-yildan shu kungacha OʻzFA SHI da loyiha rahbari.




Ilmiy yoʻnalishi



XII — XIX asrlar Xitoy — Markaziy Osiyo munosabatlari. Markaziy Osiyoning qadim zamonlardan hozirgi kungacha boʻlgan xalqaro aloqalari tarixi, turkiy xalqlar tarixi. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi (Anqara va Moskva).



Mukofotlari



2018-yilda „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan.



Ilmiy ishlari:






Manbalar




Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz