Abjalilov Xalil Galiyevich




Xalil Galiyevich Abjalilov [1896.17(29)9 — 1963.18.3] — tatar aktyori. Aktyorlik faoliyatini „Shirkat“ truppasida (1916) boshlagan. Orenburgda „Sharq teatri“ga asos soldi (1919). 1920—23 yil larda Buxoro va Xivada oʻzbek havaskor teatrlarini tuzishda kat-nashdi. 1928-yildan Sh. Kamol nomidagi teatr (Qozon)da ishladi. Xalil (Sh. Kamol, „Qargʻa inida“), Xoʻja Nasriddin (Isanbet, „Xoʻja Nasriddin“), Hofiz (Battol, „Roʻmolga bitilgan maktub“), Qirol Lir (U. Shekspirning shu nomli asari) kabi yirik rollarni ijro etgan. A. 1924—27 yillarda oʻzbek kinostudiyasi filmlarida qatnashgan.



Adabiyotlar





















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz