Abjad al-ʼulum





Abjad al-ʼulum (arabcha: أبجد العلوم)


„Abjad al-’ulӯm“ ensiklopedik asar. Unda ilm va fanlar, xususan, Islomga oid ilmlar tasnifi, shuningdek, tarix va turli soha olimlarining tarjimai hollari haqida maʼlumotlar berilgan. Asar Muhammad Siddiqxon al-Qannujiy qalamiga mansub. Muallif asarni yozishda al-Forobiyning „Ihsā al-­’ulӯm“, al-Xorazmiyning „Mafātih al-’u­lӯm“, Toshko‘prizodaning „Miftāh as-­saʼāda“ va Hoji Xalifaning „Kashf az-­zunӯn“ asarlaridan foydalangan.




Jildlari



Asar uch jilddan iborat bo‘lib, har bir jild bir necha bob va fasllarga bo‘lingan hamda quyidagicha nomlangan:




Asar 1978-yil Damashqda nashr etilgan.



Muallif haqda



Muallifning to‘liq ismi Muhammad Siddiqxon ibn Hasan ibn Ali ibn Lutfulloh al-Hasaniy al-Buxoriy al-Qannujiy bo‘lib, u taniqli hadisshunos olim va mufassir bo‘lgan. 1248/1832-yil Hindistonning Banus Bariliy qish­log‘ida tavallud topgan.


Muhammad Siddiqxon olti yoshga yetganida otasi vafot etib, yetim qoladi. Onasi va akasi bilan ota-bobolari yurti Qanuj shaharchasiga jo‘nab ketadilar. Dehlida taʼlim oladi. Keyinchalik, Bhopal shahriga (Hindiston) safar qilib, o‘sha yerda yashab qoladi. U yerda vazir darajasigacha ko‘tariladi. Bhopal amiri Iskandar Begimning qizi malika Shohjahon Begimga uylanadi.
Muhammad Siddiqxon oltmishdan ziyod arab, fors va hind tillarida asarlar yozgan. U 1307/1890 y. vafot etgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz