Abira Huseynova
Huseynova Abira Amanovna (tugʻ. 1958-yil, Buxoro shahrida, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, falsafa fanlari doktori, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Buxoro viloyati ilmiy-amaliy boshqarmasi boshligʻi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi.
Biografiyasi
Huseynova Abira Amanovna 1958-yilda Oʻzbekiston SSRning Buxoro shahrida tugʻilgan. 2016-yil dekabr oyidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Falsafa va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri.
2020-yilda Abira Amanovna IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi etib saylangan.
Mukofotlar
2021-yilda „Doʻstlik ordeni“ bilan taqdirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org