Abik




Abik  — Abxaziya xalqining tilchali puflama cholgʻu asbobi. Abxaziya nayi, uni tilchali sibizgʻa nay deb ham atashadi.


Uchi biroz egilgan uzun yogʻoch nay — lapina va mayda yongʻoq poʻstlogʻidan yasalgan shox koʻrinishida boʻlib, konussimon shaklga ega. Abik — signalli cholgʻu asbobi hisoblanadi.


Asbobni qayta tiklash ishlari Abxaziya xalq artisti Otar Georgievich Xunsariya tomonidan amalga oshirilgan.




Marosimlar madaniyati



Abik — kelib chiqishi nuqtai nazaridan qadimgi abxaz xalq cholgʻu asbobi hisoblanadi. Uning uzoqlargacha yetib boradigan fanfara tovushi yordamida harbiy signallar eʼlon qilingan. Keyinchalik ushbu cholgʻu asbobini chalish yordamida odamlarni bayramlarga chorlay boshladilar.


Ayni vaqtda abik nayi unutilib ketgan, lekin guvohlarning yodga olishlaricha, u 19-asrning 2-yarmida soʻnggi abxaz shahzodasi Mixail (Axmut Bey) Chachba (Shervashidze) saroyida koʻzga tashlangan va chalingan. Bu signalli cholgʻu asbobi boʻlib, uning uzoqlarga yetib boruvchi fanfara sadosi yordamida harbiy signallar eʼlon qilingan, odamlar jamoat yigʻinlari, dala ishlariga chaqirilgan. Abik diniy maqsadlarda ham qoʻllanilgan. Ruhoniylar uning sadolari yordamida ibodat vaqti yaqinlashib kelayotganini atrofdagilarga bildirishgan.



Sh. D. Inal-ipa xalq yigʻinlarining ahamiyatini „Abxazlar“ monografiyasida shunday taʼriflaydi:

- Jamoatchilik munosabatlarini tartibga solishda mahalla hayotining eng muhim masalalari hal etiladigan, adolat qaror topadigan xalq yigʻinlari alohida ahamiyatga ega edi. Zarurat paydo boʻlgan holatda xalq yigʻinlari „abik“ deb nomlangan surnay sadosi yordamida chaqirilgan. Har bir qishloq aholisi ishtirokida kundalik, xoʻjalik va boshqa masalalarni muhokama qilish uchun xalq yigʻinlari oʻtkazib turilgan. Bu katta yoshli erkaklar uchrashuvi boʻlib, ayollar odatda ularda ishtirok etishmagan. Yigʻilishlardagi eng muhim rol oqsoqollar — nufuzli va tajribali keksalarga tegishli boʻlgan, ammo ularning qoʻlida allaqanday hokimiyat boʻlmagan. Odamlar yigʻinlarga sulolasi yoki otasining ismini aytib tashrif buyurhgan"[7]


Instrumental guruhlar



Zamonaviy Abxaziyada abik yordamida kompozitsiyalar ijro etuvchi koʻplab xalq cholgʻu ansambllari mavjud. Abik vositasida xalq cholgʻu orkestrlari, jumladan koʻpchilik yaxshi bilgan „Gunda“ ansambli tomonidan kuylar ijro etiladi.



Adabiyotlar




Yana qarang




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz