ABIDJAN — Kot-D’Ivuardagi shahar (1960-83 yillarda poytaxt) va asosiy port. Abidjan departamentining ma’muriy markazi. Gvineya qo’ltig’i sohilida. Maydoni qariyb 20 km2. Aholisi shahar atrofi bilan 2 million. kishi (1985), asosan afrikaliklar. Abidjan — Afrikadagi zamonaviy shaharlardan. Abidjanga 19 – asrning 80-yillarida frantsuzlar asos solgan. 1934 yildan Frantsiyaning Fil suyagi Qirg’og’i mustamlakasining ma’muriy markazi. Mamlakatning tashqi savdosi Abidjan orqali olib boriladi. Abidjan G’arbiy Afrikaning eng yirik portlaridan biri, xalqaro aeroport bor. Oziq-ovqat, neftni qayta ishlash (G’arbiy Afrikadagi eng katta neftni qayta ishlash zavodi), yengil sanoat korxonalari mavjud. Universitet, Dakardagi qora Afrika institutining filiali, bir necha teatr, kutubxonalar, radiostantsiya, telemarkaz va boshqalar bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish