Abi Harrison
Abigail Harrison (talaffuzi: Abi Xarrison; 1997-yil 7-dekabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi, Bristol City va Shotlandiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Shotlandiya
Abi Glazgo janubida ulgʻaygan va u yerda Holyrood oʻrta maktabida oʻqigan. Harrison oʻz faoliyatini Celtic da boshlagan. Shotlandiya Ayollar Premer-ligasida 14 yoshida debyut qilgan eng yosh futbolchi hisoblanadi.
2016-yilda jamoa bilan Shotlandiya ayollar kubogini qoʻlga kiritgan. Hibernian Glazgow City ustidan 3:0 magʻlub etganida Harrison bitta golni qayd ettirib qoʻydi va 2018-yil finalida ikki marta gol urdi. Birinchi boʻlimda jarohat tufayli almashtirilgan boʻlsa-da, Motherwell ustidan 0 — 8 gʻalaba qozonildi. Harrison, shuningdek, Edinburg klubidagi toʻrt yillik faoliyati davomida uchta SWPL kubogini (2016, 2017 va 2018). yutgan, ammo ular har mavsumda ligada Glazgow Citydan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. U 2017 (15 ta gol) va 2018-yil (25 ta gol) da divizionning eng yaxshi to‘purari nomiga va „Oltin butsa“ sohibi bo‘lgan.
Angliya
Harrison 2019-yil yanvar oyida Angliyaning Ayollar Superligasi klubi Bristol City bilan shartnoma imzolagan. 2019-yilning noyabr oyida u tizzasidan jarohat oldi, bu esa uni 2019-20 FA WSL mavsumining qolgan qismida o‘tkazib yuborishiga majbur qildi. Abi 2020-yil avgust oyida yana oʻynash uchun tayyor bo‘ldi va 2021-yil mart oyida FA Ayollar Ligasi kubogi finalida („Chelsea“ mag‘lubiyatga uchradi) foydalanilmagan zaxira o‘yinchisi edi.
Xalqaro faoliyati
Harrison Angliyaning Londonida tugʻilgan boʻlsa-da, ota-onasi tomonidan Shotlandiya va Yamaykaga oʻynash huquqiga ega edi.
U birinchi marta 2016-yil sentyabrida Shotlandiya terma jamoasiga chaqirildi va 2018-yil yanvarida Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida xalqaro maydondagi debyutini o‘tkazdi. Shuningdek, Shotlandiyani 16 yoshgacha, 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan guruhlarda himoya qilgan
Shotlandiya terma jamoasidagi debyutida, 2021-yilning noyabr oyida 2023-yilgi FIFA Ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi — UEFA B guruhida Ukrainaga qarshi o‘yinda Harrison so‘nggi daqiqada boshi bilan gol urib, hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirdi
Manbalar
uz.wikipedia.org