Abhijith
Abhijith (hindcha: अभिजित, ruscha: Абхиджит, 1963-yil 30-iyul) — hind aktyori, qoʻshiqchisi, prodyuseri va rejissyori Kannada filmlarida faoliyat olib boradi. 1980-yillarning oxirida aktyorlik faoliyatini boshlagan, u 1990—2000-yillar davomida koʻplab filmlarda rollar ijro etgan. U asosan 1990-yillarda bosh rollarni va yovuz (salbiy) qahramonlarni, shuningdek, baʼzi yordamchi rollarni ham ijro etgan.
Faoliyati
Abhijith oʻz faoliyatini 1980-yillarning oxirida badiiy filmlarda kichik rollarni ijro etishdan boshlagan. Aynan 1990-yildagi „Kollej qahramoni“ filmi uni Kannada kino sanoatining muvaffaqiyatli yovuz qahramoniga aylantirdi. U Muddina Maava, Bir kishilik armiya va Vairi kabi filmlarda muvaffaqiyatli qahramon boʻlganidan keyin ham salbiy xaraktelik insonlarning rollarini ijro etdi. Abhijith Kannada kino sanoatida 150 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan. 1990—2016-yillarda yuzdan ortiq filmlarda rollar ijro etgan va filmlarda rejissyorli, produserlik qilib kelgan. Uning oʻndan ortiq mashhur filmlari ommaga etiboriga havola etilgan.
Rejissyor sifatida
Abxijitning birinchi rejissyorlik tashabbusi Jodi № 1 janjal va jangovar film edi, ikkinchisi esa Vishnu boʻlib, unvon bilan tortishuvlarga sabab boʻldi.
Produser sifatida
Abhijith Shree Balaji Creations bayrogʻi ostida filmlar ishlab chiqargan.
Ijrochi qoʻshiqchi
Tele-shoulari
Abhijith — Udaya telekanalida namoyish etilgan mashhur „Akharamale“ shousining boshlovchisi. Aksharamaale (Kannada) kannada tilidagi, Udaya telekanalida 15 yildan ortiq vaqt davomida qoʻshiqchilar iqtidorlari oʻrtasida bellashuv shousi boʻlib, unda asosan yoshlar ishtirok etishadi. Abhijith 1997-yildan beri boshlovchi va qoʻshiqchi Sangeetha Ravishankar va Anuradha Bhat bilan shou boshlovchisi boʻlib keladi.
Mukofotlari
Tanlangan filmografiyasi
Telekoʻrsatuvlari
Manbalar
uz.wikipedia.org