Abhay charan de
Abxay Charan De (1896-1977) - toʻliq ismi Abxay Charanaravinda Bxaktivedanta Svami Prabxupda, shuningdek Shrila Prabxupa da nomi bilan ham tanilgan.1896-yil 1-sentyabrdaKalkuttada tugʻilgan.Hinduiy-vayshnaviylik diniy arbobi.U 1947-yilda “Veda” falsafasi bilimdoni sifatida “Bxaktivedanta” (sanskr. “sodiqlik”, “fidokorona xizmat”) unvoniga sazovor boʻladi. Sanskrit tilidan ingliz tiliga koʻpgina “Veda” matnlari, jumladan, “Bxagavadgita” (“Xudo qoʻshiqlari”)ni sharxdar bilan tarjima qildi. 1959-yilda63 yoshida dunyodan voz kechishga axd qiladi va Svami (“Aql va hissiyotlar egasi”) unvoniga erishadi. 1965-yilda A.Ch.Bxaktivedanta Svami AQSHga koʻchib oʻtdi va “Xalqaro Krishnani anglash jamiyati”ga asos soldi. Budavrda Sharq mistik taʼlimotiga nisbatan katta qiziqish Krishnani anglash falsafasini targʻib qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi va harakat tez rivoj topdi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org