ABERDIN-ANGUS QORAMOL ZOTI



ABERDIN-ANGUS QORAMOL ZOTI – Shotlandiyada etishtirilgan sergo’sht zot. Aberdin – Angus qoramol zoti AQSh, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Argentina va boshqa mamlakatlarda boqiladi. Bu zot qora tusli, shoxsiz, tanasi tsilindrsimon, oyoqlari kalta, baquvvat. Sigirlarining tirik vazni 500-550 kg, buqalariniki 750-800 kilogramm, ba’zan 1000 kilogrammga boradi. 15-16 oylik axtalangan buqachalari 450-460 kilogramm go’sht qiladi. Bo’rdoqi qilib so’yilganda 60% go’sht beradi. O’zbekistonda Aberdin – Angus qoramol zotini jaydari qoramol zotlari bilan chatishtirish ishlari 60 – yillardan boshlangan. Surxondaryo viloyati uzun tumanidagi “Bobotog'” hamda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi uy. Yusupov nomidagi xo’jaliklarda mahalliy sharoitlarda bu zot imkoniyatlarini o’rganish davom ettirilmoqda (1998).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz