ABERDIN



ABERDIN — Buyuk Britaniyadagi shahar, Shotlandiyada. Grampian rayoninining ma’muriy markazi. Aholisi 211 ming kishi (1988). Shimoliy dengiz bo’yidagi port va dengizdagi neft konlarining boshqaruv markazi. Baliq qayta ishlanadi. To’qimachilik, kemasozlik, kimyo korxonalari, universitet (1494), gotika sobori (1336-1522) bor. 12-14 – asrlarda Shotlandiya qirollarining qarorgohi. Aberdin atrofidan granit qazib olinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz