ABEOKUTA
ABEOKUTA — Nigeriya Janubi – sharqidagi shahar. Ogun daryosi bo’yida. Ogun shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 396 ming kishi (1993). Temir yo’l va shosse yo’llar tuguni. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari (palma moyi, kola yong’og’i, kakao, tsitrus o’simliklar, banan) yetishtiriladigan viloyatning savdo markazi. Tsement, oziqovqat va boshqa korxonalari bor. Qo’lda gazlama to’qiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz