ABELYAR (Abelard) Per (1079-1142) -frantsuz faylasufi, ilohiyotchisi va shoiri. Sxolastik mantiq asoschilaridan. Abelyar har bir hodisani ko’r-ko’rona e’tiqodga asoslangan holda emas, balki fikr yuritish asosida baholashni targ’ib etganligi uchun cherkov vakillarining g’azabiga duchor bo’lgan. Abelyar “ha va yo’q” asarida xristian dini nazariyotchilari qarashlarining bir-biriga qarama-qarshi ekanligini ochib bergan. Abelyar ta’limoti 1121 va 1140 yillardagi soborlarda muhokama etilgan. Universaliy (umumiy tushuncha) tabiati haqidagi munozarada keyinchalik kontseptualizm deb atalgan ta’limotni rivojlantirdi. Abelyarning Eloizaga bo’lgan fojiaviy muhabbati o’zining “Mening ko’rgan-kechirgan musibatlarim” avtobiografik asarida bayon etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish