ABELIYA



ABELIYA (Abelia) — shilvidoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. 30 dan ortiq turi bor. Guli yirik, bir oz qiyshiq (zigomorf): kosachasining naychasi tuguncha bilan tutashgan, qayta-qisi 2-5 bo’lmali, changchisi to’rtta. Mevasi quruq, bir chanoqli, yakka urug’li, uchida kosachaning qaytaqisi saqlangan. O’rta Osiyoda Abeliyaning aso-muso (Abeliya corymbosa) turi uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz