Abdy Bäşimow
Abdy Azimovich Bäşimow (turkmancha: Abdy Azimowiç Bäşimow; 1995-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — turkmanistonlik futbolchi, hozirda "Ahal" klubida oʻynaydi. Bäşimow 2019-yildan Turkmaniston terma jamoasi tarkibida toʻp surmoqda.
Faoliyati
Abdy Bäşimow 1995-yil 12-dekabrda Turkmanistonning Ashxobod shahrida tugʻilgan. Dastlab futzal bilan shugʻullangan.
U 2017-yili Ashxobodda oʻtkazilgan yakkakurash va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida Turkmanistonning mini-futbol terma jamoasi safida toʻp surgan. Turkmanlar chorak finalda Afgʻonistonga 5:5 hisobida durang oʻynadi, penaltilar seriyasida 5:6 natija qayd etildi. Ushbu bahsda Bäşimow turnirdagi yagona golga mualliflik qilgan.
2018—2019-yillarda Turkmanistonning Anau viloyati „Ahal“ jamoasida oʻynagan. OFK kubogida qatnashgan, 4 ta oʻyinni toʻliq oʻtkazgan, 2 tadan gol urgan — ikkalasi ham 2019-yilning fevral oyida Qirgʻiziston „Alay“iga qarshi bahsda yuz bergan. Oʻyinda 2:1 hisobi qayd etilgan.
2020-yilning fevral oyida u Oʻzbekistonda Zarafshonning "Qizilqum" klubi bilan shartnoma imzolagan. 2020-yil 1-mart kuni Bäşimow Oʻzbekiston Superligasida "Nasaf" ga qarshi oʻyinda (1:3) debyut qildi. Bäşimowning shartnomasi 2021-yilning dekabr oyi oxirigacha moʻljallangan edi. Lekin 2020-yilning avgustida klubni tark etdi.
2021-yilning 30-martida Basimov "Ahal" klubi bilan shartnoma imzolab, jamoa tarkibiga oʻtganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati
Futzal boʻyicha 2017-yilgi Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida Turkmaniston futzal terma jamoasi safida toʻp surgan.
Bäşimow terma jamoadagi debyutini 2019-yilning 10-oktabr kuni, 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Livanga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U terma jamoadagi ilk golini 19-noyabr kuni, shuningdek, Shri-Lankaga qarshi saralash bahsida (2:0) kiritdi. Turkmaniston terma jamoasi safida toʻp surayotgan futbolchi hisobida jami 4 ta oʻyin va 1 ta gol bor.
Xalqaro gollar
Manbalar
uz.wikipedia.org