Abduxakim Turgʻunov
Abduxakim Idrisovich Turg'unov (oʻzbekcha: Абдухаким Идрисович Турғунов; 1941-yilning 28-mayda, Toshkentda tugʻilgan) - Oʻzbekiston SSRda birinchi xizmat koʻrsatgan jurnalist. Sport jurnalisti, sharhlovchi, “Sport” va “Oʻzbekiston” davlat telekanallaridagi “Axborot” dasturining teleboshlovchisi sifatida tanilgan. Oʻzbekiston MTRKda maxsus muxbir boʻlib ishlagan.
Biografiyasi
Turgʻunov Abduxakim Idrisovich 1941-yil 28-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1947-yilda Toshkent shahar Oktabr tumanidagi 14-sonli oʻrta maktabga oʻqishga kirdi. 1957-yilda 14-maktabni tugatgach, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga oʻqishga kirdi.
Mehnat faoliyati
Faoliyatining boshida umumta’lim maktabida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Shundan so'ng u mahalliy va respublika turnirlarida sport hakami, sport sharhlovchisi bo'lib ishladi. “Oʻzbekiston” telekanalidagi “Axborot” dasturining muharriri, teleboshlovchisi, shuningdek, “Sport” telekanalida sport sharhlovchisi sifatida tanilgan. U Oʻzbekiston MTRK maxsus muxbiri etib tayinlangan. 2002-yilda Turgʻunov Abduxakim Idrisovich o'z faoliyatini yakunladi va 2002-yilda sog'lig'i sababli nafaqaga chiqdi.
uz.wikipedia.org