Abduvosi Yusupov





Abduvosi Yusupov (1904-yilda tugʻilgan — 1938-yil 4-oktyabrda vafot etgan) — Namangan uyezd-shahar militsiyasida ish yurituvchi, soʻngra shu tashkilotning axborot boʻlimi mudiri. Namanganda savodsizlikni tugatish favqulodda komissiyasining mudiri. Namangan shahridagi 3-son Yog‘ zavodi direktorining yordamchisi. Yangiqo‘rg‘ondagi MTS direktori o‘rinbosari. Namangan shahri prokurori. Namangan, Oyim, Baliqchi tumanlari partiya komitetlari va ijroiya komitetlari aʼzosi.




Taʼlimi



1918—1920-yillar oraligʻida Namangan shahridagi 4-sonli Sovet rus maktabida 2 yil taʼlim olgan, 1924-yildan 1925-yilgacha Toshkentdagi savodsizlikni tugatish kursini tamomlagan.



Faoliyati



1918—1920-yillarda Namangan uyezd-shahar milisiyasida ish yurituvchi sifatida faoliyat yuritgan. 1920—1922-yillar oraligʻida uyezd-shahar milisiyasining tashkiliy axborot bo‘limi mudiri, 1923—1924-yillarda esa Namanganda savodsizlikni tugatish favqulodda komissiyasining mudiri boʻlib ishlaydi.
1925-yildan to 1927-yilgacha Namangan shahridagi 3-son Yog‘ zavodi direktori yordamchisi;
1927—1928-yillari siyosiy maorif mudiri;
1928—1930-yillari tuman paxta soyuzi idorasi raisining o‘rinbosari;
1930—1933-yillari Namangan shahri partiya komitetida instruktor va tashkiliy bo‘lim mudiri o‘rinbosari;
1934-yil Oyim tumanida partiya komiteti tashkiliy bo‘lim mudiri;
1934—1935-yillari Baliqchi tumanida partiya komiteti sekretarining o‘rinbosari;
1935-yilda Yangiqo‘rg‘ondagi MTS direktori o‘rinbosari, 1935-yil 15-martdan Namangan shahri yer bo‘limi mudiri;
1936-yilning 19-iyunidan boshlab Namangan shahri prokurori lavozimida, 1931-yildan 1936-yilgacha Namangan, Oyim, Baliqchi tumanlarida partiya komitetlari va ijroiya komitetlariga aʼzo bo‘lib saylangan. Rus va o‘zbek tillarini bilgan.



Vafoti



Abduvosi Yusupov 1938-yil 5-okyatbrdagi SSSR Oliy sudi harbiy hamjamiyati sayyor sessiyasining yig‘ilishida otishga hukm qilindi va hukm o‘sha kuni otib tashlandi.



Adabiyotlar




Manbalar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz