Abduvoris Karimov





Abduvoris Vosiq o'g'li Karimov (1995-yil 7-iyun, Toshkentda tugʻilgan) — oʻzbek regbichisi, Rossiyaning “Yenisey-STM” jamoasi hamda Oʻzbekiston regbi-15 va regbi-7 jamoalari oʻyinchisi.



Tarjimai hol



9 yoshida u dzyudo bilan shugʻullana boshladi, keyinchalik sportning regbi yoʻnalishi boʻyicha shugʻullanadi.


Sport faoliyati


2010-yildan boshlab u Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etib, «West Tigers» jamoasi (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti) tarkibida turnir finalchisiga aylanadi. Shundan keyin “Qanot Rugby” regbi klubi tarkibida regbi-15 boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi boʻladi. 2013-yili bor-yoʻgʻi 17 yoshida flanker sifatida Osiyo Kubogida Livan terma jamoasiga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasi safida debyut qiladi. Oʻsha yili u regbi-7 jamoasi safida 2013-yilgi bosqichlardan birida Osiyo chempionatida debyut qiladi.


2014-yilda Toshkentda Osiyo chempionati 3-divizioni oʻyinlarida maydonga tushib, milliy terma jamoamiz uchun ilk ochkolarni qoʻlga kiritadi va Malayziya Kuala-Lumpurning DBKL - Dragons klubi e’tiborini tortadi, shundan soʻng u oʻzining ilk professional faoliyati shartnomasi uchun imzo chekadi. Oʻzi uchun yangi muhitda Abduvoris tezda jamoaning yulduzlaridan biriga aylanadi.



Manbalar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz