Abduvohid Jo‘rayev
Abduvohid Mamatqulovich Joʻrayev (oʻzbekcha: Abduvohid Mamatqulovich Joʻrayev; 1954-yil 18-fevral — 2006-yil 21-avgust) — oʻzbek iqtisodchisi va siyosatchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi. Iqtisodiyot fanlari doktori. 2003—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri.
Biografiyasi
Joʻrayev Abduvohid 1954-yil 18-fevralda Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida dunyoga kelgan. 1976-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 1982-yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi („Oʻzbekiston SSR kolxozlari misolida ingichka tolali paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish va intensivlashtirish“ ilmiy ishi boʻyicha), 1993-yilda — Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 1976—1995-yillarda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutida (1992-yildan — Oʻzbekiston Agrosanoat majmuasida bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti) turli lavozimlarda ishlagan.
1995—1997-yillarda — Oʻzbekiston Agrosanoat majmuasida bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori. 1997-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi maslahatchisi. 1997—1998-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari. 1998-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;
1998—2003-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari. 2003—2004-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri;
2004—2006-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari vazifalarida faoliyat olib borgan.
Ilmiy faoliyati
Abduvohid Mamatqulovich ilmiy faoliyati davomida Oʻzbekiston SSR va Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda bevosita ishtirok etgan hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga qoʻllashda oʻz hissasini qoʻshgan. Jumladan, dehqon, fermer va shirkat xoʻjaliklariga oid huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir. Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni oʻrnatish va mustahkamlash, xorijiy sarmoyalarni, jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqa bir qator xalqaro moliya institutlarini jalb etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda rahbarlik qilgan.
Joʻrayev shu bilan birgalikda, Qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari, islohotlarga oid nazariy va amaliy kuzatishlar asosidagi masalalarga bagʻishlangan 8 ta monografiya, 130 ta ilmiy maqolalarni nashr ettirgan. Uning rahbarligida qishloq xoʻjaligi korxonalari, mutaxassislar, fermerlar, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari va talabalari uchun iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha 20 dan ortiq uslubiy tavsiyalar va meʼyoriy hujjatlar toʻplami tayyorlanib, nashr etilgan.
U nafaqat amaliyot sohasida, balki qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotining nazariy jihatlari sohasida ham katta ishlarni amalga oshirgan. Joʻrayevning shogirdlari orasida 3 nafar fan doktori va 19 nafar fan nomzodlari yetishib chiqqan.
Mukofotlar
Shaxsiy hayoti
Abduvohid Mamatqulovich Joʻrayev oilali. Uning toʻrt nafar farzandi bor.
Abduvohid Mamatqulovich 2006-yilning 21-avgustida (52 yoshida) avtohalokatga uchrab vafot etgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Abduvohid Jo‘rayev O‘zbekistonning taniqli madaniyat va ilm-fan arbobi, adabiyotshunos, tarjimon va yozuvchisi hisoblanadi. U asosan o‘zbek adabiyoti, tilshunosligi va madaniyati sohalarida faoliyat yuritgan. Jo‘rayevning asarlari ko‘proq o‘zbek adabiy merosi, klassik va zamonaviy adabiyotlar tahliliga bag‘ishlangan. Shuningdek, u ko‘plab tarjimalar va ilmiy maqolalar muallifi sifatida tanilgan.
Abduvohid Jo‘rayev o‘zbek tilining ravnaqi va rivoji uchun katta hissa qo‘shgan, shu jumladan o‘zbek adabiyotining jahon miqyosida tanilishi uchun ko‘plab ishlar qilgan. U o‘z asarlarida milliy madaniyat mavzulariga alohida e’tibor beradi va yosh avlodni milliy qadriyatlarni anglashga chorlaydi.
Uning ilmiy ishlarida o‘zbek adabiyotining turli davrlarini, ayniqsa o'tgan asrlar adabiyotini chuqur o‘rganganligi hamda tarjima faoliyati bilan mashhur bo‘lishi alohida qayd etiladi.
Agar siz Abduvohid Jo‘rayevning aniq asarlari yoki faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumot istasangiz, so‘rashingiz mumkin.