Abduvohid Abdug‘aniyev
{Maqola tahrirlanmoqda}
Abdug‘aniyev Abduvohid (1934-yil 5-yanvar Andijon) — olim, iqtisod fanlari doktori, professor, „Shuhrat“ medali sohibi sohibi.
Tarjimai holi
Professor, Abduvohid Abdug‘aniyev 1934-yil 5-yanvarda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani Dardaq qishlog‘ida o‘rta hol dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1950-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi o‘rta maktabni tamomlab, Toshkent moliya-iqtisod institutiga (hozirgi Toshkent moliya instituti) kirib uni 1954-yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1954-yilda ushbu institutning aspirantura yo‘nalishida tahsil olgan.
Faoliyati
1957-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibidagi Iqtisodiyot institutiga ilmiy xodim lavozimiga ish boshlagan. 1961-yilda “O‘zbekistonning jami iqtisodiy mahsuloti va milliy daromadining o‘sish surʼatlari va omillari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini egallagan.
Ilmiy izlanishlarida doimo yangiliklarga intilgan olim 1962-yilda O‘zbekistonda ilk bor “iqtisodiy ilmiy-tadqiqot ishlarida matematik usullarni va elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish” sektorini tashkil etib uni rivojlantirgan.
Professor Abdug‘aniyev 1967-yilda institut tarkibida “takror ishlab chiqarish” sektorini tashkil qilib, sobiq Ittifoqdosh respublikalar orasida birinchilardan bo‘lib, O‘zbekiston xalq xo‘jaligining Tapmoqlararo balans modelini ishlab chiqiqan va unga ilmiy-uslubiy rahbarlik qilgan.
Olimning o‘z ishiga mas’uliyatliligi, ilmiy ishlarining teranligi hamda tashkilotchilik qobiliyatini yuqori ekanligini eʼtiborga olib uni 1965-yilda sektor mudiri lavozimiga o‘tkazishgan.
Ilmiy darajasi
Uzoq yillar davomida amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot ishlarini mujassamlashtirgan olim 1974-yilda “Ittifoqdosh Respublikalarda ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish qonuniyatlari va muammolari (O‘zbekiston Respublikasi misolida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. U 1972-yildan boshlab institut rahbarining ilmiy ishlar bo‘yicha muovini lavozimida faoliyat yuritgan.
Professor Abduvohid Abdug‘aniyev 1977-yilda “Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.
Jamiyatdagi faoliyati
Uning 140 dan ortiq ilmiy ishlari, jumladan, yirik monografiya, o‘quv qo‘llanma va risolalari chop etilgan. Qolaversa, ularning ayrimlari qator xorijiy mamlakatlar xususan, Rossiya, Gruziya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda nashr etilgan.
Ilmiy unvonlari
A.Abdug‘aniyev iqtisod fanini va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga hamda yuqori malakali iqtisodchi-ilmiy kadrlarni tayyorlashda qo‘shgan hissasi uchun “Shuhrat” medali va faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
Ilmiy ishlari
1.Abdug‘aniyev A.A., Mirzaxo‘jayev Ү., OsmininV.A “Obshestvenniy produkt i natsionalniy doxod Uzbekskoy SSR” T.: “FAN”, 1960-y.
2. Abdug‘aniyev A.A., Chumanova N.I., Rasulov F.R “Vosproizvodstvo valovogo produkta v promishlennosti Uzbekistana”.T.: “FAN” 1972-y.
3. Abdug‘aniyev A.A. “Tempi i proporsii vosproizvodstva obshestvennogo produkta v UzSSR”.-T.: “FAN”, 1973-y.
4. Abdug‘aniyev A.A., Ro‘zmatov Ch. “Trud v xlopkovodstve”. T.: “O‘zbekiston”, 1982-y.
5.Abdug‘aniyev A.A., Tolametova Z. “O‘zbekistonning mehnat salohiyati”.T.: “Mehnat”, 1998-y.
6. Abdug‘aniyev A.A., Mirzakarimova M. “O‘tish davri iqtisodiyotida mehnat bozori”.-T.: “Mehnat”, 1999-y.
7.Abdug‘aniyev A.A., Toniyans G.S. “Iqtisodiyot nazariyasi asoslari (o‘quv qo‘llanma) I –qism.-T.: JIDU, 2002-y.
8.Abdug‘aniyev A.A., Mutalov A. “Povisheniya proizvoditelnosti truda: tempi, faktori, rezervi”.T.: “O‘zbekiston”, 1986-y.
Manbalar
uz.wikipedia.org