Abduvali Rajabov





Abduvali Rajabov  (1982-yil 22-iyun, Sirdaryo shahri, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik xonanda va bastakor, Nihol mukofoti sovrindori. „Bevafo yor“, „Sensiz“, „Bir juft yurak“, „Visoling olis“ nomli albomlari orqali ommaga mashhur boʻlishga erishgan.




Tarjimai holi



Xonanda 1982-yil 22-iyulda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo shahrida tavallud topgan. Oilada yettita farzandning oltinchisi 2000-yil Toshkent estrada va sirk kollejiga oʻqishga qabul qilingan. 2007-yilda oila qurgan, hozirda 2 nafar farzandi bor. (Asadbek va Otabek). Nihol mukofoti sovrindori. Sanjar Shodiyev rejissorligi ostida suratga olingan Seni oʻzim boy qilaman filmida ham rol oʻynashga ulgurgan. Yosh boʻlishiga qaramasdan Abduvali Rajabov TARONA taqdimotida ketma-ket bir nechta nominatsiyalarni qoʻlga kiritgan. Jumladan Tarona-2003da „Yil yangiligi“ nominatsiyasida, Tarona-2004da „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasida hamda Tarona-2005da „Yilning eng zoʻr erkak xonandasi“ nominatsiyalarida gʻolib deb topilgan. Hit qoʻshiqlari: „Yomgʻirlar“ va „Bevafo yor“ qoʻshiqlaridir.



Diskografiyasi



Abduvali Rajabov tomonidan yaratilgan qoʻshiqlar oʻz vaqtida eng xit taronalar roʻyxatida eng yuqori oʻrinlarda turib kelgan. Uning xit musiqalar diskografiyasi mana bunday koʻrinishdadir: „Dunyo (mp3)“, „Chaki-Chaki“, „Onam“, „Onajon“, „Arazlamang“, „Yor yor“, „Salom“, „Nafasim oʻzing“, „Shikasta“, „Sen uchun“, „Hayot (feat Sardor Rahmatxoʻjayev)“, „Seni eslasam (feat Shoira Otabekova“, „Yuragim (mp3)“, „Yomgʻirlar (slow)“, „Yoningda“, „Sensiz“, „Ne kerak (mp3)“, „Oʻynasin“.



Manbalar




Havolalar



Abduvali Rajobovning eng xit qoʻshiqlari roʻyxati








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz