Abdusaid Ko‘chimov (1951)



Abdusaid Ko‘chimov 1951 yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.

«O‘qituvchi» nashriyotida musahhih, «Lenin uchquni» (hozirgi «Tong yulduzi») gazetasida muxbir, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib va bosh muharrir, «Sharq yulduzi» jurnalida mas’ul kotib va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, radio qo‘mitasi, O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Prezident devonida, O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Abdusaid Ko‘chimovning birinchi she’r va maqolalari matbuotda e’lon qilinganida u o‘rta maktab o‘quvchisi edi. Shundan buyon uning «Kashfiyotchi bolalar» (1978), «Mening O‘zbekistonim» (1979), «Toshburgut» (1981), «Mening yulduzim» (1984), «Chanoq» (1985), «Halqa (1987), «Ikki bahor» (1990), «Umid daraxtlari» (1992) kabi bir qator kitoblari chop etildi. U tabiatni e’zozlash mavzuidagi turkum publitsistik maqolalari uchun YuNYeSKO mukofotiga sazovor bo‘lgan. «Halqa» kitobi uchun esa G‘afur G‘ulom mukofoti bilan taqdirlangan.

Abdusaid Ko‘chimov qardosh xalqlar adiblarining bir qator she’r va hikoyalarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Tatar adibi M. Xarisovning «Qizil sayyoraga sayohat» sarguzasht qissasi uning tarjimasida alohida kitob holida chop etilgan.

Abdusaid Ko‘chimovning she’r, hikoya va qissalari rus, qozoq, ukrain, belorus, turkman, tojik va boshqa tillarga tarji-ma qilingan. Uning «Halqa» kitobi 1994 yili Xitoy Xalq Respublikasida uyg‘ur tilida nashr etilgan.


Sun'iy intellekt javobi:

Abdusaid Ko‘chimov — o‘zbek adabiyoti va madaniyati sohasida taniqli shaxs. U 1951-yilda tug‘ilgan. Ko‘chimov — O‘zbekistonda ijod qilgan shoir, yozuvchi yoki madaniyat arbobi bo‘lishi mumkin. Uning hayoti va ijodi haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun adabiyotlar, madaniy markazlari yoki internetdagi ishonchli manbalarga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Afsuski, hozircha uning haqida kengroq ma’lumotlar mavjud emas yoki ular ommaviy manbalarga hali kirmagan. Agar sizda uning asarlari yoki faoliyati haqida aniqroq savollar bo‘lsa, ularni berishingiz mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston madaniyat va adabiyot sohalaridagi kutubxonalar va arxivlar ham ko‘proq ma’lumot topishda yordam berishi mumkin.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz