ABDURASHIDOV



ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich (1956.11.6, Marg’ilon) — sozanda (naychi). O’zbekiston xalq artisti (2000). Farg’ona davlat musiqa bilim yurti (1975) va Toshkent davlat konservatoriyasi (1981) ni tugatgan. Marg’ilondagi “Do’stlik” bolalar ansamblida badiiy rahbar (1983-90), O’zteleradiokompaniyasining “Maqom” ansamblida sozanda (1990 yildan). Repertuaridan mumtoz va xalq cholg’u kuylari (“Cho’li Iroq”, “Yovvoyi Chorgoh”, “Qalandar”, Eroncha “Shoda-shoda” va boshqalar), o’zbek ashula va katta ashulalarning cholg’u yo’llari (“Fig’on”, “Hanuz”, “Ey, sabo”, “Bir kelsun” va boshqalar) o’rin olgan. Ijro uslubiga badihago’ylik, musiqiy-ifodaviy vositalarning yorqinligi, shu jumladan noziq nolalardan mohirona foydalanish xosdir. Bastakor sifatida “Nay nolasi”, “Nigohing” kabi kuylarni, “Farg’ona ekan do’stlar”, “Marg’ilon atlaslari”, “Paydo bo’libdi” va boshqa ashulalarni yaratgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz