ABDURAIMOV Birodar Hasanovich (1943.14.5, Toshkent) — futbolchi, “Paxtakor” (Toshkent) futbol jamoasining hujumchisi (1960-68, 1970-74), sport ustasi (1962), “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustozi” (1994). 1972 yil mavsumda 1-tabaqa rekordini o’rnatgan (34 to’p). Rasmiy musobaqalarda jami 210 ta to’p kiritgan. Abduraimov rahbarligida “Navbahor” jamoasi O’zbekiston kubogini qo’lga kiritgan (1992). Abduraimov Xirosima (Yaponiya)da 12- Osiyo o’yinlari chempioni bo’lgan (1994) O’zbekiston milliy terma jamoasiga murabbiylik qilgan (R. Akramov bilan birga). 1995 yildan “Zarafshon” (Navoiy shahri), 1999 yildan “Surxon” (Termiz shahri) futbol jamoalari ustozi. “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan (1994).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish