G‘ulom Abdurahmonov — sovet, o‘zbek opera xonandasi (tenor), O‘zbek SSR Xalq artisti (1950). 1910 yilning 1 mayida Turkiston shahrida tavallud topgan, 1987 yilning 15 mayida vafot etgan.
1929 yildan Samarqand musiqa teatrida kuylagan. 1939 yil Moskva konservatoriyasi qoshidagi O‘zbek opera studiyasini yakunlagan.
1939-1955 yillar O‘zbek opera va balet teatri solisti. 1954-1980 yillar O‘zbek filarmoniyasida solist bo‘lib ishlagan.
Oilasi
• Xotini - Zuhra Fayziyeva, opera xonandasi.
• Qizi - Dilbar (1936 yil tug‘ilgan) - dirijyor, SSSR Xalq artisti (1977).
Ijodi
Opera partiyalari
• Qodir (R.Glier va Sodiqovlarning “Gulsara” operasi);
• Toxir (Jalilov va Brovtsinaning “Toxir va Zuxra” operasi);
• Farxod (Jalilov va Brovtsinaning “Farxod va Shirin” operasi);
• Majnun (R.Glier va Sodiqovlarning “Layli va Majnun” operasi);
• Jo‘ra (M.Ashrafiy va S.Vasilenkolarning “Bo‘ron” operasi);