ABDURAHIM TOSHTAROSH, asli Turdiyev Abdurahim (1870 — Nurota tumani G’ozg’on qishlog’i — 1938) — mashhur toshtarosh, xalq ustasi, me’mor. Toshdan ajoyib haykallar yasagan. Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa saroyidagi ikki sher haykali bu mohir toshtarosh san’atining nodir namunasidir. Karmanadagi Sultonobod-Olchin bog’ini bezashda, so’ngra Sitorai Mohi Xosa saroyi qurilishida ishtirok etgan. G’ozg’ondagi Shohimardon marmar masjidi (1913), Dehbaland qishlog’idagi masjidni qurgan. Buxoro, Toshkentdagi katta binokorlik ishlarida (jumladan hozirgi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi binosi) va boshqalarni bezashda faol qatnashgan. Marmardan uy-ro’zg’or buyumlari, haykallar (baliq, timsoh va boshqalar) yaratgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish