ABDUQODIR MUHANDIS



ABDUQODIR MUHANDIS, Abduqodir Boqiyev (1868—Samarqand — 1934) — xalq me’mori, koshinsoz usta. Abduqodir Muhandis 20 – yillargacha Ulug’bek madrasasi ravoqining nuragan madohil gulli lavhalarini koshinlagan. Xizr masjidi, yangi madrasa, Qo’shhovuz muazzinxonasi kabi binolarning koshinkorlik ishlarini bajargan. Keyinchalik Samarqand tarixiy obidalarini tiklash ishlariga boshchilik qilgan. 30 – yillarda Tillakori madrasasining koshinsozlik ishlarini olib borgan. U Buxorodagi Minorai Kalon zahalarini havozasiz tuzatdi. Sankt-Peterburgdagi Duma binosi, Afg’onistondagi Mozori Sharif va O’rta Osiyodagi ko’plab me’moriy yodgorliklarni tiklash ishlarida qatnashgan. Samarqand Registonida toshdan “Quyosh soati”ni qurgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz